Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bugun bosh vazir hamrohligida Olmazor tumaniga boradi

Shavkat Mirziyoyev bugun bosh vazir hamrohligida Olmazor tumaniga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 24-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha ob’yektlarga tashrif buyuradi, deb xabar berdi «Kun.uz».

Qayd etilishicha, davlat rahbari poytaxtning Olmazor tumaniga borishi kutilmoqda. Prezidentga bosh vazir Abdulla Aripov hamrohlik qiladi.

Prezident tashrif davomida Talabalar shaharchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishadi, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun qurilayotgan yangi binoni borib ko‘radi, tumanda amalga oshiriladigan ishlar loyihalarini ko‘zdan kechiradi. 

Kunning ikkinchi yarmida Olmazor tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar va mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring