Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sharqona lotto» ishtirokchisi «Tracker» yutib oldi

«Sharqona lotto» ishtirokchisi «Tracker» yutib oldi

«Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining 170-yutuqlar tirajida kichik «JACKPOT» — Tracker avtomobilini yutib olgan omadli inson o‘z yutug‘ini qabul qilib oldi.

G‘olib Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi hamyurtimiz Jabborov Bektosh Omonboyevich asosan «Sharqona lotto» lotereyasini chamasi uch yildan buyon o‘ynab keladi. Qahramonimiz «Sharqona lotto»ning 170-tirajida 8 tadan raqam belgilangan 5ta chiptani ro‘yxatdan o‘tkazgan (bunda har bir chiptada 28 ta kombinatsiya mavjud) va ulardan biri yutuqli hisoblanib, kichik «JACKPOT»ni qo‘lga kiritdi.

Yutuq fondining maxsus kategoriyasi g‘olibining ta’kidlashicha, Xalq banki lotereyalarini muntazam o‘ynab kelishiga asosiy sabab ko‘pchilik «JACKPOT» sohiblari aynan yurtdoshlari bo‘lgani uchun ekan.

Bungacha Bektosh Omonboyevichga «Sharqona lotto» lotereyasining 2- va 3-kategoriyalarida ham bir necha marotaba omad kulib boqqanligi va bundan keyin ham o‘z omadini sinab ko‘rishda davom etishini ta’kidladi.

Siz qanchalik omadlisiz? Buni hoziroq sinab ko‘ring! O‘ynang va omad aynan sizga kulib boqishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring