Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabz shahriga kirish va chiqish taqiqlanadi

Shahrisabz shahriga kirish va chiqish taqiqlanadi

Shahrisabz shahar aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, joriy yil 10-aprel kuni, tungi soat 00:01 dan boshlab Shahrisabz shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi.

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Shaharga kirishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Shahar ichida joriy yil 10-aprel soat 06:00 dan e’tiboran shu vaqtga qadar maxsus ruxsatnoma (stiker) olgan va avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan ro‘yxati asosida harakatlanish talab etiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring