Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sentyabr oyi oxirida havo harorati yana tushishi kutilyapti

Sentyabr oyi oxirida havo harorati yana tushishi kutilyapti

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi sentyabr oyi so‘nggida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun O‘zbekistonda ob-havo ochiq va iliq bo‘ladi, harorat shu kunning iqlimiy me’yoriga yaqin — 22 −27 daraja atrofida bo‘ladi.

26-27-sentyabrda mamlakatimiz shimoliga Qozoqiston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antitsiklon tarmog‘i kira boshlaydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyati va cho‘l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi. Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me’yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi. Bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha bulutlilik ortadi, mamlakatimizning tekislik hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

29-30-sentyabrda baland tog‘li tumanlarda yomg‘irning qorga o‘tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o‘tishi natijasida 28-sentyabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo‘yicha harorat foni o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga past bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring