Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senator Elmira Bositxonova vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Senator Elmira Bositxonova vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Xotin-qizlar qo‘mitasi tugatilguniga qadar qo‘mita raisi lavozimida ishlab kelgan Elmira Bositxonova Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Elmira Bositxonova 2011-2016-yillarda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi lavozimida ishlagan. So‘ng, 2016-yil dekabridan 2019-yil iyuniga qadar Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari vazifasini bajargan. 2019-yil iyun oyida yana Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyev Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromovga ham yangi tashkil etilgan vazirlikda o‘rinbosar lavozimi yuklangandi. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi. 

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga esa Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullangandi. Rahmat Mamatov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – jinoyat qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring