Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jinoyatni ataylab kamaytirib ko‘rsatadigan inspektorlar tanqid qilindi

Jinoyatni ataylab kamaytirib ko‘rsatadigan inspektorlar tanqid qilindi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Senatinigng 21-yalpi majlisi o‘tkaziyotgani xabar berilgandi.

Unda bir qator masalalar, jumladan, «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida  qonun ham muhokama qilindi.

Ushbu qonun yuzasidan ma’ruza tinglangach, senator Shohida Aripova Ichki ishlar vazirligiga savol bilan chiqdi. Senator o‘z savolida profilaktika inspektorlari notinch oilalar bilan ishlashda ayrim hollarda jinoyatni yashirish, kamaytirib aytish masalasiga e’tibor qaratdi, deya xabar berdi muxbirimiz.

Mazkur savolga javob bergan Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarining aytishicha, masala yuzasidan aniq mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan profilaktika inspektorlari qayta o‘qitiladi. Zo‘ravon sodir etganlar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Jumladan, IIV 100 mingdan ortiq notinch oilalarni o‘rganib chiqqan. 28 ming notinch oilaning qayta tiklanishida ishtirok etgan.

Foto:«Xabar.uz»

Shuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyeva IIV vakilining javobidan to‘liq qoniqmaganini aytib, majburan oilasiga qaytarilayotgan, zo‘ravonlikka uchragan ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘lganini qayd etib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring