Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat yalpi majlisi bugun o‘z ishini davom ettiradi

Senat yalpi majlisi bugun o‘z ishini davom ettiradi

Foto: Senat matbuot xizmati

Bugun – 24-avgust kuni Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettiradi.

Kecha ochilgan yalpi majlis birinchi ish kunida besh masala ko‘rib chiqildi. Majlis kun tartibiga kiritilgan 16 qonundan uchtasi, ya’ni «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida», «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida», «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonunlar ma’qullandi.

«Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»gi qonunni ma’qullash esa rad etildi.

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.

Yalpi majlis ikkinchi ish kunida qator qonunlar va ichki ishlar, tashqi ishlar vaziri, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining axborotlari eshitilishi hamda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring