Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva 6 nafar hamyurtimizga mukofot topshirdi

Tanzila Norboyeva 6 nafar hamyurtimizga mukofot topshirdi

Foto: Xabar.uz

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, yalpi majlis avvalida, Senat Raisi Tanzila Norboyeva Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan 6 nafar hamyurtimizga mukofotlarni topshirdi.

Xususan, taqdirlanganlar orasida sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina, «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasi naqqosh ustasi Maxamatali Yunusov va Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatri simfonik orkestri dirijyori Kamoliddin Urinbayevlar bor.

Yalpi majlisda senatorlar 19 ta masalani ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring