Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayohatga qiziquvchilar ko‘rishi kerak bo‘lgan 12 ta film!

Sayohatga qiziquvchilar ko‘rishi kerak bo‘lgan 12 ta film!

Ayni vaqtdagi karantin sayohat rejalariga ta’sir o‘tkazmoqda. Ammo, siz uyda turib ham sayohat gashtidan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Biz bu borada sizni ilhomlantiradigan materiallar berishda davom etamiz.

Shunday qilib, quyidagi maqola eng yaxshi sayohat haqidagi ba’zi filmlar yuzasidan ma’lumot beradi. Ular sizning sevimli TV kanallaringiz dasturlarida bo‘lmasa qayg‘urmang. Uni internet orqali ham tomosha qilishingiz va virtual ravishda dunyo bo‘ylab sayohat qilishingiz mumkin.

«The way» (Yo‘l)

Ushbu film 2010 yilda katta ekranlarga chiqqan. Uni rejissyor Emilio Estevez hayotdagi haqiqiy otasi Martin Shin qiyofasi orqali sayohat borasidagi ajoyib tajribalar bilan boyitadi. Qahramonlar Shimoliy Ispaniya bo‘ylab Kamino de Santiyago ziyoratgohigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishadi.

Kino safar davomida otaning o‘g‘lini tushunishga urunishi, o‘y-kechinmalari hamda yo‘l bo‘ylab yangi odamlar bilan tanishishi kabilarni o‘z ichiga olgan.

«Vacation» (Ta’til)

Mazkur komediya 1983 yilda ekran yuzini ko‘rgan. U Gollivudning eng yaxshi komediya filmlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Unda amerikalik oilaning quvnoq yozgi ta’tili aks ettirilgan. Film qahramonlari bo‘lgan oila yozgi ta’til davomida g‘aroyib sarguzasht sayohatni amalga oshirishadi.

«The Secret Life of Walter Mitty» (Valter Mittining sirli hayoti)

Film 2013 yilda ishlab chiqarilgan. Kino osuda hayot kechirayotgan Valter Mitti haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Life jurnalida faoliyat ko‘rsatadi. Kunlarning birida u jurnal uchun fotosurat olish maqsadida sayohatga otlanadi. Mitti Grenlandiya, Islandiya va Himolayga sayohat qilish orqali nafaqat dunyoni, balki o‘zining ichki kuchini ham kashf etadi.

«Planes, Trains & Automobiles» – (Samolyotlar, poyezdlar va avtomobillar)

Kino 1987 yilda tomoshabinlar hukmiga havola etilgan. Unda qahramonlar Stiv Martin va Jon Kendi Nyu-Yorkdan Chikagogacha safar qilishadi. Ushbu sayohat sarguzasht sevarlar uchun o‘ziga xos voqealarga boyligi bilan bir qatorda, ikkala qahramonning oxir-oqibat qadrdon do‘stlarga aylanishiga xizmat qilgan.

«Into the Wild» (Yovvoyi tabiat qariga)

Film 2007 yilda dunyo yuzini ko‘rgan. U Kristofer Makkendlessning Alyaskadagi yovvoyi tabiatiga qilgan sayohati haqida hikoya qiladi. Qahramon yovvoyi tabiatga sayohat qilish uchun bor narsasidan voz kechishga qaror qilgan.

Kinoni tomosha qilish asnosida, Amerikaning qiziqarli joylari va odamlari, shuningdek yovvoyi tabiatda yashashning haqiqiy kurashlariga guvoh bo‘lasiz.

«Wild» (Yovvoyi tabiat)

Hatto eng mashaqqatli damlarda ham bizni harakat qilishga ilhomlantiruvchi mazkur film 2014 yil katta ekranlarga chiqarilgan. Avtobiografik xarakterdagi kinoda Sheril Streydning Tinch okeanidagi Krest bo‘ylab amalga oshirgan xavfli sayohati tasvirlangan. G‘arbiy sohildagi g‘aroyib safar unga bir necha oylik sarguzashtlarni boshidan kechirishiga sabab bo‘ladi.

«Out of Africa» (Afrikadan tashqarida)

1985 yilda ilk bor namoyish etilgan ushbu film otashin muhabbat kechinmalarini tarannum etish bilan bir qatorda, 20 asrdagi Afrika hayotini ham tasvirlagan. Tomoshabinlar tomonidan juda iliq kutib olingan kino bir necha oliy mukofotlar bilan taqdirlanadi.

«Midnight in Paris» (Parijdagi yarim tun)

Yevropadagi muhabbat mamlakati sifatida e’tirof etiluvchi Fransiyaning o‘ziga xos go‘zalligini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, albatta mazkur filmni tomosha qiling. Unda ko‘plab qiziqarli voqealarga guvoh bo‘lish bilan birga, Parij, Versal va Monet Givern ko‘chalariga ham sayohat qilishingiz mumkin.

Kino 2011 yilda muxlislar e’tiboriga taqdim etilgan.

«In Burges» (Burgesda)

2008 yilda katta ekranlarga chiqarilgan film sarguzashtsevar va komediya ishqibozlarining birday e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Bosh qahramonlar Kolin Farrell va Brendan Glison Irlandiyadan Belgiyaning Bruges shahriga kelishadi. Kino qahramonlarning o‘z xo‘jayinlaridan yashirinish va Burgesdagi Belfri cho‘qqisiga chiqish kabi quvnoq voqealarga boy.

«One Week» (Bir hafta)

Mazkur kinokartina ham 2008 yilda ekran yuzini ko‘rgan. Film qahramoni Joshua Jekson film avvalida saraton kassalligini boshdan kechiradi.

Ana shunday og‘ir kunlarning birida u mototsikl sotib oladi va hayotning ma’nosini tushunish maqsadida Kanada bo‘ylab bir haftalik safarga chiqadi. Kinoni tomosha qilish asnosida qahramonning o‘ziga xos kechinmalari va «zarang bargi yurti»ning ajoyibotlariga guvoh bo‘lasiz.

«Hector and the Search for Happiness» (Hektor va baxt uchun qidiruv)

Mashhur aktyor Saymon Pegg noodatiy obrazlari bilan muxlislar olqishiga sazofor bo‘lib kelgan. 2014 yilda namoyish etilgan ushbu filmda esa, o‘z baxtini izlash uchun dunyoni kezishga qaror qilgan Hektor rolini ijro etadi. Qahramon Xitoy, Afrika va Amerika bo‘ylab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Oxir-oqibat u baxt o‘zining uyida ekanligini tushunib yetadi.

«The Motorcycle Diaries» (Mototsikldagi yodnomalar)

2004 yildagi ilk namoyishidan tomoshibinlar e’tirofiga erishgan ushbu filmda yosh Che Gevaraning mototsiklda Janubiy Amerika bo‘ylab amalga oshirgan sayohati tasvirlangan.

Ikki soatlik kinoni tomosha qilib, siz Argentina, Braziliya, Chili, Peru va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlariga sayohat qilishingiz mumkin.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring