Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovlar yaqin. Deputatlar uchun qo‘llanma chiqarildi

Saylovlar yaqin. Deputatlar uchun qo‘llanma chiqarildi

Foto: Adliya vazirligi

Saylovlar yaqin. Joriy yil so‘ngida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda deputatlarimiz ishini samarali tashkil etish, mahalliy kengashlar faoliyatini jonlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi.

Hozirda deputatlarning asosiy vazifasi o‘z-o‘zini tashkillashtirish va boshqarish emas, fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning joylarda amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat bo‘lib qolmoqda.

Deputalarimiz faoliyatidan xalq rozi bo‘lishi lozimligi, endilikda ulardan faollashuv va dadillik talab qilinayotgani sir emas.

Davlatimiz rahbari 2018-yil yakunlariga bag‘ishlab Parlamentga qilgan murojaatida vakillik organlari faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ushbu organlar ishiga doir qator tanqidiy fikrlarni bildirdi.

«Hisobotlarga e’tibor bersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida go‘yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.» 

Yuqoridagilarni e’tiborga olib Adliya vazirligi tomonidan «Mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy qo‘llanma»  ishlab chiqildi va chop etildi.

Qo‘llanmada deputatlikning huquqiy asoslari, Kengashlar faoliyatning reglamentlari, shuningdek, mavjud huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar o‘rin olgan.

Shuningdek, mavjud muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish uchun amaliy takliflar ham bayon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring