Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobaga press-tur: hududning qiyofasi qay darajada o‘zgarmoqda? (foto)

Sardobaga press-tur: hududning qiyofasi qay darajada o‘zgarmoqda? (foto)

Foto: «Xabar.uz»

2020-yilning 20-oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlariga press-tur tashkil etildi.

«Sardoba» suv omboridagi o‘pirilishdan so‘ng yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 ta xonadon ta’mirtalab holatga kelgan edi. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida yangi uy-joylar barpo etilib, bugungi kunga qadar jami 80 064 nafar (89,5%) aholi o‘z yashash manzillariga qaytarildi.

Zarar ko‘rgan hududlarda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida katta ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mazkur jarayonda ta’mirlash ishlariga 167 ta texnika, 672 ta pudratchi korxona va 2 454 nafar ishchi jalb etildi. 1 830 ta uylarda qurilish ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, 11 170 nafar fuqaroga foydalanishga topshirildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari bilan bir qatorda toshqindan talofat ko‘rgan hududlarda obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirildi.

Bundan tashqari Mirzaobod tumani «Navbahor» mahallasida 100 ta va «Yangi O‘zbekiston» mahalalsida 6 ta, Sardoba tumani «Yurtdosh» mahallasida 48 ta uy, 6 ta xizmat uyi kapital ta’mirlandi. Toshqin oqibatida uy-joylari yaroqsiz xolatga kelgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga yer maydoni tanlanib, 86 ta 2 640 xonadonli barcha sharoitlarga ega ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilib, bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda.

Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasida qurilayotgan yangi uy-joylar mavzesida 275 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti va 660 o‘rinli umumta’lim maktabi binosi ham qurib bitkazilmoqda. Har biri 500 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta masjid barpo etilmoqda. Shuningdek, texnogen ofatdan zarar ko‘rgan 7 ta qabristonda ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Ayni damda 184 km. yo‘l, 19 ta ko‘prikda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

O‘rganishlar yakuniga yetkazilishi bilanoq Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarning yo‘qolgan va zarar ko‘rgan jami 8 239 ta, shundan, 2 305 nafar fuqarolarning biometrik pasporti,  714 ta haydovchilik va 69 ta transport vositalarni qayd etish guvohnomasi, 2 767 ta tug‘ilganlik, 115 ta o‘limni qayd etish haqidagi hamda 800 ta nikoh guvohnomasi, 125 ta o‘rta maxsus mutaxassisligi bo‘yicha diplom egalariga qayta tiklab berildi.

Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida tijorat banklaridan kredit olgan 32 nafar yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1,6 mlrd. so‘m tovon pullari to‘lab berildi. Bundan tashqari mol-mulklariga zarar yetgan 39 ta tadbirkorlik sub’yektlarining 6 tasiga sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilib, 33 tasiga 9,1 mlrd.so‘m to‘lov belgilandi.

Zarar ko‘rgan xonadon egalariga plastik kartochkalari ochilib, har biriga 40,0 mln.so‘mdan, xonadonlari ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlarida joylashgan fuqarolarga esa 20 mln.so‘mdan moddiy yordam pullari to‘lab berildi. Shuningdek, barchalari zarar ko‘rgan xonadon egalariga 7 turdagi maishiy texnika jihozlari tarqatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring