Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda aholi orasida vahima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs 30 sutkaga «kesildi»

Samarqandda aholi orasida vahima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs 30 sutkaga «kesildi»

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Telegramda «Paxtachi tumani Toma mahallasida yashovchi O ismli shaxs Koronavirusga chalinib, ko‘p miqdorda aroq ichib bugun vafot etganligi aytilmoqda» degan yolg‘on ma’lumotni yozib tarqatgan fuqaro jazoga tortildi.

Foto: Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida bu yolg‘on ma’lumotlarni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.Shomurodov 2020 yil 25 mart kuni soat taxminan 16:00larda, marhum mahalladoshi ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi oqibatida vafot etganligini eshitib, bir nechta kanallarga tarqatgan.

Paxtachi tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 205-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun 30 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring