Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tramvay yo‘lovchilariga mavhum suyuqlik bilan uyushtirilgan hujum «o‘yin» bo‘lib chiqdi

Samarqandda tramvay yo‘lovchilariga mavhum suyuqlik bilan uyushtirilgan hujum «o‘yin» bo‘lib chiqdi

Foto: «Daryo»

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tibbiy niqob kiygan o‘spirin yigit bekatda tramvayga yugurib kirib, yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlikni sepib, qochib ketgani videosi tarqalgandi. O‘sha xabarlarda yuzlariga ushbu suyuqlik tekkan yigitlar shu zahoti hushini yo‘qotgani, qolgan yo‘lovchilar esa, vahimaga tushib, tramvaydan yugurib tushib ketgani aytiladi.

«Daryo»ning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, holatga aniqlik kiritilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, 4 iyul kuni soat taxminan 19:40 atrofida Samarqand shahrida Sartepo-Vokzal yo‘nalishida qatnab keluvchi 1-tramvay Buyuk ipak yo‘lining «Choy fabrikasi» bekatida kelganda Samarqand shahridagi 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T. yo‘lovchilarning yuziga noma’lum suyuqlikni sepgan. D.T.ning tramvay ichidagi sheriklari oldindan kelishilgan holat bo‘yicha, o‘zlarini hushidan ketgan holatga solgan.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni 33-maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.I.,  42-maktabning 10-sinf o‘quvchisi A.I.,  42-maktabning 11-sinf o‘quvchisi T.Y., 33-maktabning 8-sinf o‘quvchisi D.T., 43-maktabning 8-sinf o‘quvchisi R.M., 33-maktabning 7-sinf o‘quvchisi S.M., 43-maktabning 9-sinf o‘quvchisi D.B.lar o‘zaro oldindan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur videoni S.M. o‘zining iPhone rusumli mobil telefoni orqali internet tarmoqlariga tarqatib, ijtimoiy tarmoqlarda «prank» (tarmoq hazili) qilmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.

Ushbu voyaga yetmagan yoshlarning qilmishi yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring