Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 10 oyda 6084 nafar fuqaro hayvonlardan jarohat olgan

Samarqandda 10 oyda 6084 nafar fuqaro hayvonlardan jarohat olgan

Samarqand viloyatida 2019 yilning o‘tgan 10 oyida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar toifasiga kiruvchi 3 ta holatda quturish kasalligi qayd etilgan. Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida tashkil etilgan press-turda markaz direktori Hayrulla Boymurodov ma’lum qildi.

Joriy yilning 10 oyida hayvonlardan jarohat olib tibbiy yordamga 6084 ta fuqaro murojaat etgan. O‘tgan yilga nisbatan jarohat olganlar soni 1834 taga (43 foizga) ko‘paygan. Jarohat olganlarning 168 tasi (2,8 foizi) sichqon va kalamushlardan, 12 tasi (0,2 foizi) yovvoyi hayvonlardan (tulki, chiyabo‘rilar), qolgan 5904 tasi (97 foizi) it va mushuklardan (asosan itlardan) jarohat olishgan.

Jarohat olganlarning 22 foizini no‘malum hayvonlardan jarohat olganlar tashkil etgan bo‘lsa, 78 foiz hollarda jarohatlar egasi ma’lum hayvonlar tomonidan yetkazilgan.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joiz, 2018 yilda Samarqandda 2 ta holatda quturish kasalligi qayd etilgan.

Manba: zarnews.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring