Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida yuzaga kelgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida yuzaga kelgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Foto: Yong‘in xavfsizligi xizmati

Samarqand va Qarshi shaharlarida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan mushakbozliklar davrida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 1 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi V.Abdulla ko‘chasi oldidagi ochiq maydonda o‘rnatilgan mushaklar otilishi jarayonida mushaklarning o‘chmay qolgan cho‘g‘ parchalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga kelib tushishi natijasida 40 sotix maydonda quruq o‘t yongan.

Mazkur tadbirga jalb etilgan navbatchilikda turgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 1 ta suv tashishga mo‘ljallangan yordamchi texnika yordamida yong‘in soat 21:27 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi M.Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi ochiq maydonda o‘tkazilgan mushakbozlik davomida mushaklardan birining nuqsoni bo‘lganligi va uning yetarlicha yerdan ko‘tarilmasdan yorilishi evaziga undan chiqqan uchqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga tushishi oqibatida 40 kv.metr maydonda yong‘in yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda bo‘lgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yordamida yong‘in 5 daqiqada bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring