Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva o‘ziga yo‘llangan murojaatga javob qaytardi

Saida Mirziyoyeva o‘ziga yo‘llangan murojaatga javob qaytardi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘ziga yo‘llangan murojaatga javob qaytardi. Murojaatda bir guruh faollar himoyasiz jonivorlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda yordam so‘rashgan edi.

«Menga bir guruh faollar himoyasiz jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish muammosini hal etishga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Jonivorlarga nisbatan insoniylik, shubhasiz, jamiyat ma’naviy rivojlanishining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Va har bir befarq bo‘lmagan inson ularga nisbatan shafqatsizlikni to‘xtatish uchun barcha imkoniyatini ishga solishi lozim.

Men ushbu faollarning fikrini qo‘llab-quvvatlayman, ularning muammosini tinglashga hamda jonivorlarga nisbatan rahmsiz munosabatga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora ko‘rilishiga yordam berishga tayyorman», — deya yozib qoldirgan Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring