Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rus blogerlariga havas qilib…» IIBB mashhurlikka intilgan blogerlarni fosh qildi (video)

«Rus blogerlariga havas qilib…» IIBB mashhurlikka intilgan blogerlarni fosh qildi (video)

Toshkentda bir guruh blogerlarning noqonuniy xatti-harakatlari ichki ishlar xodimlari e’tiboriga tushdi. Ular qanday qilib mashhur bo‘lmoqchi edilar? Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi tomonidan shu haqda lavha tayyorlandi.

Lavhada keltirilishicha, bir guruh yosh blogerlar turli sohta voqealar uyushtirib, internetda mashhurlikka erishishni maqsad qilishgan. Ular tomonidan supermarketda janjal sahnasi uyushtirilib, videoga olingan. Yana bir vaziyatda go‘yoki mashina o‘g‘irlanishi va o‘g‘rini quvish jarayoni tasvirga olinib, internetga joylangan. Bu bilan ular yo‘l-harakati qoidalarini ham buzishgan.

Mashhurlikka intilgan blogerlar IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va ular bu xatti-harakatlarni rus blogerlariga havas qilgan holda amalga oshirishganini ta’kidlashgan.

Soxta obro‘ orttirish niyatida bo‘lgan bu blogerlar jarimaga tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring