Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaga piyoda o‘tish vaqtida muzlab qolgan O‘zbekiston fuqarosining suyak qoldiqlari topildi

Rossiyaga piyoda o‘tish vaqtida muzlab qolgan O‘zbekiston fuqarosining suyak qoldiqlari topildi

Foto: «Orsk.ru»

Rossiyaning Orenburg oblastiga qarashli Akbulak posyolkasi yaqinida odam suyagi qoldiqlari topildi. Dastlabki tahminga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi qishda Qozog‘istondan Rossiyaga piyoda o‘tish vaqtida muzlab qolib, vafot etgan.

Marhumning shaxsi murda yonidan topilgan hujjatlar va qo‘l telefoni yordamida aniqlangan. Shaxsni tasdiqlovchi pasport 1996 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Norbayev Sardorga tegishli bo‘lgan. Nima uchun marhumdan faqat suyak qoldiqlari qolgani sababi hozircha ma’lum emas.

Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring