Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy xabar! «Boysun mojarosi»da «O‘zbektelekom»ning aloqasi yo‘q!

Rasmiy xabar! «Boysun mojarosi»da «O‘zbektelekom»ning aloqasi yo‘q!

Videolavhadan skrinshot

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Tuzbozor» mahallasi hududida joylashgan bozorga kirish qismidagi chorrahaning ekskavatorda qazib tashlanishining «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiyalar bog‘lamasi ish faoliyatiga aloqasi yo‘q, deya bayonot berdi AKT vazirligi axborot xizmati.

2020-yilning 12-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda va bir qator internet saytlarida «Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi», degan mazmunda e’lon qilingan video material yuzasidan 2020-yilning 12-may kuni Surxondaryo viloyati hokimiyatining telegram kanalida rasmiy bayonot berilgan.

Rasmiy bayonotda keltirilishicha, «Ushbu video materialda noto‘g‘ri talqin qilinganidek, eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator bu bozorni buzish uchun emas, balki «O‘zbektelekom» AKning Surxondaryo viloyat filiali Boysun telekommunikatsiyalar bog‘lamasi tomonidan A.Navoiy nomli hamda «Istiqlol» ko‘chalari bo‘ylab xalqaro optik tolali aloqa kabelini yotqizish maqsadida bu ko‘chada qazish ishlarini bajarish uchungina kiritilgan. Qolaversa, ushbu ko‘chalarda transport qatnovining vaqtincha cheklanishi bu yerda ishlayotgan ishchi-xodimlarning faoliyat xavfsizligini ta’minlash uchun qilingan» – deyilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu rasmiy bayonotdan kelib chiqib shuni ma’lum qiladiki, respublika bo‘ylab «Magistral va multiservis ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish» (DWDM) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiyalar bog‘lamasi tuman markazidagi A.Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalari kesishmasida 200 metr kanalizatsiyasini qurish ishlarini olib borgan. Qurilish ishlari 2020-yil 6-may kuni tugatilgan.

2020-yilning 12-may kuni «Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi», degan mazmunda e’lon qilingan video materialdagi «Tuzbozor» mahallasi hududida joylashgan eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator «O‘zbektelekom» AKning Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiyalar bog‘lamasi faoliyatiga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz, deyiladi AKT vazirligi axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring