Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahmonbek Usmonov yangi lavozimiga tayinlandi

Rahmonbek Usmonov yangi lavozimiga tayinlandi

Foto: «t.me/xushnudbek»

Prezidentning tegishli qarori bilan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilingan.

U Toshkent shahrining sobiq hokimi hisoblanadi. Bugungacha Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

2020 yil 8 avgust kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning qator tumanlari rahbarlarini intizomiy jazoga tortgani haqida xabar bergandik. Intizomiy jazoga tortilganlar orasida poytaxtning sobiq hokimi, o‘sha paytda Yunusobod tumani hokimi vazifasini ado etayotgan  R.Usmonov ham bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring