Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quvada it urishtirgan ikki qimorboz jazoga tortildi

Quvada it urishtirgan ikki qimorboz jazoga tortildi

Illyustrativ foto

Andijonlik A.Ahror va quvalik M.Azizxonlar o‘zaro kelishib, o‘zlari boqayotgan itlarni urishtirishni rejalashtiradi. Shunchaki emas, pulga — kimning iti g‘olib bo‘lsa, mag‘lub tomon 300 ming so‘m naqd sanaydi.

Shu maqsadda joriy yilning 7-mart kuni tong sahar Quva tumani «O‘zbek» MFY ko‘rishib, katta yo‘lning o‘zida jonivorlarni «jang»ga tashlashadi. Biroq g‘olibni aniqlashga ulgurishmadi: itlar o‘kirib, bir-birini g‘ajishga tushganidan bezovta bo‘lgan yaqin o‘rtadagi aholi tomonidan darhol IIBga qo‘ng‘iroq orqali xabar beriladi.

IIB xodimlari surishtiruv harakatlarini o‘tkazib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishdi.

Pul evaziga it urishtirish qip-qizil qimorning o‘zi! Bu esa qonunga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi (MJtK 191-modda). Demak, it egalarining xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik «mana man» deb ko‘rinib turibdi.

Shu tariqa to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.

Quva tuman ma’muriy sudi raisi Azizbek Jumayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, huquqbuzarning har biri 892 000 so‘mdan jarima jazosiga tortildi. Shuningdek, sud «jangchi itlar» qismatiga oydinlik kiritdi. Egalari ming parvarishlamasin, pirovard maqsadi ma’lum, shundan kelib chiqib, jonivorlar davlat egaligiga o‘tkazildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring