Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish vazirligi faoliyatiga «Shaffof qurilish» tizimi joriy etiladi

Qurilish vazirligi faoliyatiga «Shaffof qurilish» tizimi joriy etiladi

Foto:«Xabar.uz»

Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, Qurilish vazirligi faoliyatiga «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizim 2020-yil 1-iyunga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida ishga tushiriladi.

2021-yil 1-yanvarga qadar esa mazkur tizimning respublika bo‘yicha real vaqt rejimida ishlashi ta’minlanadi.

Shuningdek, 2020-yil 1-martgacha «O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri» geografik axborot tizimi (geoportal) test rejimida ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, qurilish sohasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi.

Komissiya korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirishga oid «ijro etilishi yuzasidan nazorat» (compliance control) tizimini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring