Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qumqo‘rg‘onda 104 ta kam ta’minlangan oilaga sog‘in sigir sovg‘a qilindi

Qumqo‘rg‘onda 104 ta kam ta’minlangan oilaga sog‘in sigir sovg‘a qilindi

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida 104 ta kam ta’minlangan oilaga sog‘in sigir sovg‘a qilindi.

— Uch nafar voyaga yetmagan farzandlarim bor, turmush o‘rtog‘im vafot etganiga 5 yil bo‘lgan. Bugungi murakkab sharoitga qaramay, tuman hokimligi tomonidan bizning xonadonimizga sog‘in sigir sovg‘a qilishdi. Bu bilan oilamga baraka ulashdi. Avallo, sinovli bir kunda halqiga g‘amho‘rlik qilib, har doim ko‘mak qo‘lini cho‘zayotgan yurtboshimizga, tashabbuskor rahbarlarga o‘z tashakkurimni bildiraman.

Bu qalbdan chiqqan so‘zlar Surxon vohasining Qumqo‘rg‘on tumani «Yangiyer» mahallasi fuqarosi Xurshida Umarovaga tegishli.

Tumanda sektor hududlari bo‘yicha kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir oilalar ro‘yxati shakllantirildi. Tuman hokimligi tashabbusi, fermer xo‘jalik rahbarlari, homiylar ko‘magi bilan ana shunday 104 ta oilaga bepul sog‘in sigirlar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga 50 tadan tovuq berilishi ham yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi ezgu ishlardan ko‘zlangan maqsad esa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun imkoniyatlar eshigini ochishdir. Tumanda bu kabi xayrli tashabbuslar davom etmoqda. Chaman Raxmonov, Abdumannop Nematov, Qurbon Choriyev, Abdulla Choriyev kabi fermer xo‘jalik rahbarlari bu xayrli ishga birinchilardan bo‘lib bosh qo‘shishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring