Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik jasadi yurtimizga qaytarildi

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik jasadi yurtimizga qaytarildi

Foto:«24tv.ua»

2019-yil 16-iyul kuni Olmaota-Toshkent-Termiz trassasida, Turkiston viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar qilingan edi. 

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan va yana 4 hamyurtimiz jarohatiga sabab bo‘lgan 13-iyuldagi yo‘l-transport hodisasining tafsilotlarini aniqlash maqsadida O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi xodimi 2019-yilning 16-17-iyul kunlari Jambil viloyati Mo‘yinqum tumani va Qarag‘anda viloyati Priozersk shahriga borgan.

Marhum hamyurtimizning jasadi yaqinlari hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natilgan. Jarohatlanganlar esa Priozersk shahar kasalxonasiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston migratsiya xizmatining mazkur hududdagi vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra jami 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy mehnat bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingan, ulardan 6 nafari xizmat avtomashinasida YTHga uchragan.

YTH fakti bo‘yicha politsiya xodimi – xizmat avtomashinasi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Bosh konsulxona jarohatlangan hamyurtlarimiz O.N. va S.S.ni O‘zbekistonga jo‘natish masalalari bilan shug‘ullanmoqda va vaziyatni nazoratda ushlab turibdi, deyiladi xabar yakunida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring