Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda jabrlanganlar maxsus bort bilan Toshkentga olib kelindi

Qozog‘istonda jabrlanganlar maxsus bort bilan Toshkentga olib kelindi

Foto: «Tengrinews.kz»

Olmaota shahridagi Bosh konsulligimiz tomonidan xabar qilinishicha, jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida Qozog‘istonning Korday tumaniga yetib kelgan va barcha rasmiyatchiliklar bajarilgandan so‘ng 2019 yilning 21 apreli, tungi soat 02.00da turli darajada tan jarohatlari olgan 9 nafar hamyurtimiz reanimobillarda Qozog‘istondan Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga yuborilgan.

Hamyurtlarimizni O‘zbekistonga olib kelish uchun Bishkekka FVVning maxsus borti yetib bordi. Qozog‘iston xududidan olib chiqilgan hamyurtlarimiz:

1. O‘ljaboyev Abbos, 21.01.1994 yilda tug‘ilgan;

2. Xaitboyev Umirbek, 22.06.1985 yilda tug‘ilgan;

3. Axmedova Radmila, 05.08.1994 yilda tug‘ilgan;

4. Matchonov Otabek Abdullayevich, 22.04.1985 yilda tug‘ilgan;

5. Seytmuratov Do‘stjon Dauletovich, 22.02.1987 yilda tug‘ilgan;

6. Xaydarov Sardor Anorbek o‘g‘li, 09.05.1994 yilda tug‘ilgan;

7. Ilyasov Maris, 1974 yilda tug‘ilgan;

8. Mambetov Nasridin, 09.05.1971 yilda tug‘ilgan;

9. Jabborov Shodlik Maxsudovich, 25.12.1984 yilda tug‘ilgan.

YTH natijasida jabrlanmagan Muximjonov Zavodbek ( 21.04.1999 yilda tug‘ilgan) va Abdusatirov Islomiddin (8.01.1997 yilda tug‘ilgan) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng qarindoshlari hamroxligida Olmaota shahriga yo‘l oldi.

Jumaniyazova Marhamat (16.08.1996 yilda tug‘ilgan) Qozog‘istonning Taroz shahridagi kasalxonada qoldi. Shifokorlar unga qimirlashni ta’qiqlab qo‘ygani bois davolanishni o‘sha joyda davom ettirmoqda.

Ayni vaqtda Korday tuman kasalxonasi morgida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadi saqlanmoqda.

1. Abduholiqov O‘rinboy Mirxamit o‘g‘li, 04.11.1993 yilda tug‘ilgan;

2. Kalmuratov Alisher Saparbayevich, 30.12.1988 yilda tug‘ilgan;

3. Yermekbayeva Dilorom, 1972 yilda tug‘ilgan.

Rasmiy shaxsni aniqlash protsedurasi o‘tkazilgandan so‘ng vafot etgan hamyurtlarimizni Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasiga (Jibek Joli - G‘isht ko‘prik) Qozog‘iston rasmiylari yetkazib beradi.

Ayni vaqtda Bosh konsullik xodimi lozim bo‘lgan yordamni amalga oshirish uchun Korday tumanida bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi O‘zbekiston FVV samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 04.00da Bishkekdan Toshkentga uchib ketganini tasdiqladi. Samolyot bortida avtobus halokati vaqtida jabr ko‘rgan hamyurtlarimiz bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring