Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasmiy xabar. Qozog‘istonda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni olib kelish uchun hukumat komissiyasi tuzildi

Rasmiy xabar. Qozog‘istonda halok bo‘lgan va jabrlanganlarni olib kelish uchun hukumat komissiyasi tuzildi

Foto: «Tengrinews.kz»

20 aprel shanba kuni tonggi soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi «Chimkent-Olma-ota» trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Avtobusda 49 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida, 11 nafar kishi halok bo‘lgan. Ularning uch nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir: 04.11 1993 yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tug‘ilgan Abduxoliqov O‘rinboy Mirhamid o‘g‘li; 22.12.1972 yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan Yormekboyeva Dilorom Abduxoliqovna; 03.12.1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan Kalmuratov Alisher Safarbayevich.

32 nafar kishi turli darajadagi tan jarohati olgan, ularning 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda.

Barcha jabrlanganlar Korday tuman kasalxonasiga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga bilan yetib keldi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan hamkorlikda barcha zarur harakatlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra favqulodda vaziyatlar, tashqi ishlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar vakillaridan iborat hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiya a’zolari jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil qilish va YTH sabablarini o‘rganish maqsadida voqea joyiga yetib keldi.

Hukumat komissiyasiga Qozog‘iston tomoni bilan kelishilgan holda halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Vatanga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordam ko‘rsatishni tashkil etish vazifasi topshirildi.

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring