Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘ylarning o‘zboshimchalik bilan so‘yilishida aybdorlar topildi va jazolandi

Qo‘ylarning o‘zboshimchalik bilan so‘yilishida aybdorlar topildi va jazolandi

Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar so‘yilgani va videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur holat o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi.

Videolavha bo‘yicha Nishon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, videolavhada Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Aripov, Nishon tumani bo‘lim boshlig‘i A.Raxmatov, tuman IIB boshlig‘i D.Umarov, «Otamurod ota» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Sh.Bobonazarov, g‘alla maydonini payhon qilgan 21 bosh chorva mollari egasi A.Azamatovlar ishtirokida viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, g‘alla maydonini payhon qilgani uchun fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli 2 bosh qo‘yni so‘yilishi holati aks ettirilgan.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, g‘alla ekinlarini payhon qilinganligi holati yuzasidan Nishon tumani ma’muriy sudining qaroriga asosan, A.Azamatov MJtKning 104-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga ogohlantirish e’lon qilinib, payhon natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi ta’minlangan.

Shuningdek, A.Aripov va A.Rahmatovlar MJtKning 200-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Nishon tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Sudning 09.01.2020 yildagi qaroriga ko‘ra, A.Aripov va A.Rahmatovlarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq bartaraf qilinishi ta’minlangan.

Bundan tashqari, Nishon tumani IIB boshlig‘i D.Umarovning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning harakatlari intizomiy kengashda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring