Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari o‘zgardi

Prezident administratsiyasining 2020 yil 13 fevraldagi farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga Salauatdin Xudaybergenov tayinlandi.

Bunga qadar Salauatdin Xudaybergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Atajanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri v.v.b. bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun: Salauatdin Xudaybergenovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari lavozimida Xakimbay Ashirovich Xalimov ishlab kelayotgan edi. U o‘z arizasiga ko‘ra 2019 yilning avgust oyida Xalq qabulxonasi rahbariligidan ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring