Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston Adliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Adliya vaziri tayinlandi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i bilan Mambetkadirov Saylaubay Amanbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

S. Mambetkadirov 1980-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2002 yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini (sirtqi), 2004-yilda Qoraqalpoq Davlat universitetini magistratura bo‘limini (kunduzgi), 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2001-yilda Mo‘ynoq tuman markaziy kasalxonasining huquqiy maslahatchisi lavozimidan boshlab, 2004-2008-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

S. Mambetkadirov 2018-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Saylaubay Amanbayevichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring