Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qon shahar IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi

Qo‘qon shahar IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi

Foto: IIV

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, polkovnik Hasanov Farhod Fattaxovich Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Hasanov Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring