Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qizil» hududga pul ajratildi — Mikrokreditbank

«Qizil» hududga pul ajratildi — Mikrokreditbank

«Mikrokreditbank» ATB tomonidan Namangan viloyati Mingbuloq tumanida «qizil» toifaga kiritilgan mahalala uchun jami 463,2 mln. so‘m homiylik ishlari amalga oshirildi.

Tumanda «qizil» hududga kiritilgan Tegirmonboshi MFY infrastrukturasini yaxshilash uchun jami 435,6 mln. so‘m homiylik mablag‘lari ajratildi.

Jumladan: 

  • 200 mln. so‘m ma’muriy binosini qayta qurish uchun;
  • 120,4 mln. so‘m hududdagi toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga;
  • 80,3 mln. so‘m elektr ta’minotini yaxshilash uchun;
  • 30 mln. so‘m ichki yo‘llarni ta’mirlashga.

Shuningdek, tumanda «Temir» va «Ayollar» daftariga kiritilgan fuqarolarga xomiylik sifatida chorva mollari va parrandalar tarqatildi.

Tumanda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan To‘raboyeva Gulbahorga 1 bosh sigir bolasi bilan (8 800 ming. so‘mlik) berildi.

Qorashahar MFYdagi uch xonadonning (Z.Qo‘chqorov, R.Yuldashev, E.Yo‘lchiyev) har biriga tuxum qo‘yadigan 20 tadan jami 60 ta tovuq, qafasi hamda 3 oylik ozuqasi homiylik asosida (1 436 000 so‘mdan jami 4 308 000 so‘m) tarqatildi.

Qolgandaryo MFYdagi ikki xonadonning har biriga 4 boshdan, jami 8 bosh qo‘y homiylik asosida tarqatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring