Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi shaxs quruq ketib, quruq qaytmabdi...

Qidiruvdagi shaxs quruq ketib, quruq qaytmabdi...

Foto:«Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosi (MIB) Quva tuman bo‘limi ish yurituvidagi B.Toshpulatov foydasiga Sh.Siddiqovdan 61 mln. 547,2 ming so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati 3 yildan buyon «dam yeb» yotgandi, rosti. Bu vaqt mobaynida ijrochilar «laylak haydab»  yurgani yo‘q, albatta. Qarzdorni bir necha bor yo‘qladi, pasportida  qayd etilgan manziliga bordi. Ayon bo‘ldiki, o‘sha manzilda uning ukasi oila a’zolari bilan yashar ekan,  o‘zi esa Rossiyaga survoribdi. Qachon qaytishi noma’lum (shu o‘rinda aytib qo‘yaylik, 2017-yilda hali MIB tashkil etilmagan, sud hujjatlarini ijro etish  o‘sha paytdagi ijro departamenti zimmasida edi). Shundan kelib chiqib, qarzdorning horijga chiqish huquqi cheklandi. (Rossiyadan qaytgach, yana osongina chetga ketib qolmasligi uchun), shuningdek, unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Oradan salkam uch yil o‘tib, aniqrog‘i, shu yilning 6 oktyabr kuni MIB  qidiruv guruhiga tezkor xabar keldiki, qarzdor Sh.Siddiqov Quvada yuribdi!  Ma’lum bo‘lishicha, u yurtga qaytib, tuman markazidan yer uchastkasi sotib olibdi. Ayni paytda o‘sha yerda turar-joy va savdo maishiy ko‘rsatish shaxobchalar qurishni boshlab yuboribdi. Yaxshi-ku.

Qarzdor zudlikda Byuroning Quva tuman bo‘limiga keltirildi. Holat tushuntirilgach, shu kunning o‘zidayoq 61,5 mln. so‘m qarzini naqd shaklda to‘ladi. Shu tariqa 3 yildan buyon muallaq turgan ijro ishi tamomlandi.

Uch yil mobaynida pulning qardrsizlanishi-chi, dersiz? To‘g‘ri gap. Agar da’vogar inflatsiya masalasini ro‘kach qilib, yana sudga bersa-yu uning da’vosi qanoatlantirilsa, bu masaladayam muammo yo‘q. MIB unisiyam undirib beradi. Byuroning ishi shu-ku...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring