Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda «to‘rtlik» rasman ishdan olindi

Qashqadaryoda «to‘rtlik» rasman ishdan olindi

Qashqadaryo viloyati rahbariyatida katta o‘zgarishlar kutilayotgani, jumladan, «to‘rtlik» ishdan olinishi haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, viloyatni olti yildan buyon boshqarib kelayotgan hokim Zafar Ro‘ziyev, shuningdek, viloyat prokurori, soliq va ichki ishlar boshliqlari vazifasidan ozod etilishi aytilgandi.

Biroq bu xabarlar rasman tasdiqlanmay turgandi. Biroz vaqt muqaddam bu xabar rasman tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov Qashqadaryoda «to‘rtlik» rasman ishdan olingani haqida xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring