Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ortiqcha vaznga ega kishilar qaysi hududda ko‘proq yashashi aytildi

Qashqadaryoda ortiqcha vaznga ega kishilar qaysi hududda  ko‘proq yashashi aytildi

Zoyir Mirzayev vohalik bir guruh ziyolilar va faol yoshlar bilan uchrashuvda sog‘lom ovqatlanish hamda aholi salomatligini tiklash bo‘yicha ham ziyolilardan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yordam so‘radi.

Viloyatda ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar o‘rtacha 25,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Shahrisabz shahri va G‘uzor tumani (26,2 foiz), Qamashi (26,5foiz), Chiroqchi (26,8 foiz), Qarshi tumani (27,7foiz), Mirishkor (32,1foiz), Qarshi shahrida (35,4 foiz) viloyat ko‘rsatkichidan yuqori ekani aniqlandi, - dedi viloyat rahbari. - Sut mahsulotlarini kam iste’mol qiluvchilarning eng yuqori ulushi Qarshi shahri (26,8), Qamashi (29,4), Chiroqchi (30,8), Kitob (36,4), G‘uzor (46,2) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

Xatlov jarayonida tibbiy brigadalar tomonidan nafas a’zolari kasalliklari, ovqat hazm qilish a’zolari, qon aylanish tizimi kasalliklari, shundan gipertoniya kasalligi, endokrin kasalliklar, suyak-mushak tizimi a’zolari kasalliklari, xavfli o‘sma kasalliklari nisbatan ko‘p uchrayotgani aniqlandi, deyiladi viloyat hokimligi tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati korrupsiya holatlari bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinlarda ekanini qayd etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring