Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi

Qashqadaryoda besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi

Foto: Google.com

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga joriy yil 25 noyabr kuni tungi soat 02.40da bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan zaharlangan holda keltirildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib «Ekologuz» tomonidan xabar berilishicha, Qarshi shahri Kat mahallasidan 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N. va 4 yoshli E.N. xonadonda ko‘mir yoqish natijasida is gazidan o‘rta og‘ir darajada zaharlanishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon sohibining kechqurun ko‘mir cho‘g‘ida kabob tayyorlagani va qolgan cho‘g‘ni uyga olib kirib qo‘yganligi mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ayni paytda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 26 noyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Qarshi tumani Parg‘uza qishlog‘ilik Sh.B. xonadonida to‘rt kishi is gazidan zaharlanganligi qayd etildi.

Aniqlanishicha, ushbu noxush hodisaga tandirda yoqilgan o‘tin cho‘g‘i uyga olib kirilganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur oiladan xonadon sohibi, 45 yoshli Sh.B. yengil zaharlangan, unga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Oilaning boshqa a’zolari 41 yoshli T.V., 17 yoshli J.T., 9 yoshli Sh.T. is gazidan o‘tkir zaharlanish o‘rta og‘ir darajasi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan.

Bemorlarga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring