Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi, XTB rahbari esa xayfsan oldi

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi, XTB rahbari esa xayfsan oldi

Foto:«Gazeta.uz»

Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi. 

Hokimlik axborot xizmatiga ko‘ra, «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Eshonqulov Akbar Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

2019-yildan Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi vazifasida bo‘lgan Omanov Shohjahon Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.

Domotov Bo‘riboy Ro‘ziyevich - Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi, Lutfullayev Ulug‘murod Ulug‘bekovich - Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati 1-toifali mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rahbari Abdug‘ani Himmatovga tizimda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun hayfsan berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring