Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Yusupov Bahrom Muzaffarovich viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B.Yusupov 1976-yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQShdagi Oklaxoma universitetlarini tamomlagan.

U bugungacha «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksiyadorlik jamiyati Korporativ boshqaruv xizmati boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi. 2012-2016-yillar davomida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring