Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo rahbariyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Qashqadaryo rahbariyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Zafar Ro‘ziyev.

Foto: Xabar.uz

Kechadan buyon Qashqadaryo viloyati rahbariyatida katta o‘zgarishlar kutilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabar oqimi ko‘payotganidan viloyatni olti yildan buyon boshqarib kelayotgan Zafar Ro‘ziyev vazifasidan ozod etilishi ehtimoli ortmoqda. Uning o‘rnini Bosh vazir sobiq o‘rinbosari, ayni paytda Sharof Rashidov tumaniga hokimi vazifasini ado etib kelayotgan Zoir Mirzayev egallashi kutilayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati prokurori Botir Yusupov ishdan olinib, o‘rniga Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Erkaboy Tajiyev tayinlangani haqida ma’lumot tarqaldi.

Biroq har ikki xabar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring