Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo hokimi mahalla raislariga mukofot va’da qildi

Qashqadaryo hokimi mahalla raislariga mukofot va’da qildi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati hokimi v.b Murodjon Azimov «oilaviy ajrimlarga qarshimiz» degan kompaniya boshlanganini e’lon qildi.

«Yangi yil yakunida ajrimlar sodir etilmagan har bir mahalla raisiga, mahalliy budjetlardan 5 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha mukofot puli berishni yo‘lga qo‘ysak, deputatlarimiz bunga qarshi bo‘lishmasa, ajrimlar kuzatilmagan mahallalar raislarini yurtimizdagi eng yaxshi sanatoriyalarga ham yuboramiz», — deydi Qashqadaryo viloyat hokimi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bir kilo ozganga 500 ming so‘mdan pul to‘lanishini ma’lum qilgani, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov esa fuqarolarni piyoda yurishga jalb etishni tashkillashtirib bergan mahalla raisi, profilaktika inspektori va ularning atrofidagilarni Dubayga yuborishni va’da qilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring