Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qashqadaryo korrupsiya eng ko‘p qayd etilgan hudud deya topilgan» – viloyat hokimi

«Qashqadaryo korrupsiya eng ko‘p qayd etilgan hudud deya topilgan»  – viloyat hokimi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning ta’kidlashicha, «viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish agenligi hamda Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiya holatlari eng ko‘p qayd etilgan hudud» deya topilgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

«Korrupsiya agentligi rahbari bilan birga yig‘ilish o‘tkazdik. Unda Qashqadaryo eng ko‘p korrupsion xatoliklar yo‘l qo‘yilgan hudud deya topildi. Mana tibbiyot va ta’lim bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdik. Endi qachongacha davom etadi bu holatlar?» -deydi Mirzayev. 

Yig‘ilishda qatnashgan Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov viloyat maktablari «tanish-bilishchilik kuchaygani» va «direktorlar atrofiga qarindoshlarini yig‘ib olganini» tanqid qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda viloyatda sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi sohasi rahbarlari ishdan olingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring