Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qamchiq» va ayrim dovonlarda mikrotavtobus qatnoviga ruxsat beriladi

«Qamchiq» va ayrim dovonlarda mikrotavtobus qatnoviga ruxsat beriladi

Foto: Xabar.uz

Prezident boshchiligidagi yig‘ilish davom etmoqda. 

Yig‘ilishda aytilishicha, temir yo‘l va avtotransport sohasida:

- 1-iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;

- 1-apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;

- 2023-yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi;

- 10-apreldan xavfsizlik choralarini ko‘rib, «Qamchiq» dovoni orqali turistik mikroavtobus (15 kishigacha), Jizzax dovoni, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring