Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qalbaki dorini aniqlash yo‘li topildi

Qalbaki dorini aniqlash yo‘li topildi

Kaliforniya universiteti (Riversayd) olimlari dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari haqiqiqiyligini videofiksatsiya yordamida aniqlash mumkinligini isbotlashdi. Bu haqda «Sky News» xabar berdi.

Tadqiqotchilar zaytun yog‘ini tez muzlatish uchun suyuq azotdan foydalanishdi va bu namuna harorat o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini kuzatishdi.

Keyin bu sinov aralashtirilgan zaytun yog‘ida davom ettirildi va natijalarning «xronografik» tasvirini yaratuvchi maxsus dasturiy ta’minot orqali ular o‘rtasida sezilarli farq borligi aniqlandi.

«O‘rtadagi tafovut shunchalikki, bu usul bilan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarning qalbakisini aniqlash mumkin degan to‘xtamga keldik», — ta’kidlashdi olimlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring