Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning Ukrainaga muhim talabi: Zelenskiy javob qaytardi

Putinning Ukrainaga muhim talabi: Zelenskiy javob qaytardi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davosdagi forumda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ehtimoliy tinchlik muzokaralari chog‘ida Ukraina armiyasini besh baravar kamaytirishni talab qilishini, biroq Ukraina bunga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

“Putin qo‘yadigan muhim talablardan biri bu Ukraina armiyasining bir necha barobar qisqarishidir. Agar 800 mingdan ortiq armiya tuza olgan bo‘lsak, bu o‘zimiz va Yevropa chegaralarini himoya qilishga qodir armiya ekanligimizni bildiradi. Bu Putinga qarshi kurashishga qodir armiya va u buni tushunadi. Rossiya uchun eng tezkor yo‘l - Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasligi uchun Qo‘shma Shtatlar va barcha ittifoqchilarga bosim o‘tkazishdir. Shunda biz armiyamizni besh barobarga qisqartiramiz kerak bo‘ladi. Bu uning xohlagani. Lekin biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya Zelenskiy so‘zlarini keltiradi Ukrinform.

OAVga ko‘ra, urush boshidagi muzokaralar paytida, ya’ni 2022 yil bahorida Rossiya Ukraina Qurolli kuchlari soni 85 ming kishidan oshmasligini talab qilgan.

Davosda Zelenskiy Ukrainada jang qilayotgan Rossiya armiyasining soni haqida ham gapirdi: unga ko‘ra, hozirda Ukrainada 608 ming rus askari bor. Putin bir yil avval, 2023 yil oxirida shunga yaqin raqamni keltirgan: 617 ming kishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring