Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuror kasalxonaga bordi, xotirjam bo‘ling — tekshirishgamas...

Prokuror kasalxonaga bordi, xotirjam bo‘ling — tekshirishgamas...

Foto: «Xabar.uz»

Sirdaryo viloyati prokurori Ravshan Masharipov kasalxonaga bordi. Yo‘q, tekshirishgamas. Majlis ham o‘tkazgani yo‘q. Viloyatning 2-sektori rahbari sifatida Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi viloyat filialida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam ahvolini o‘rgandi.

Foto: «Xabar.uz»

Filialda ko‘p yillar beri zamonaviy tibbiy uskunalarga  ehtiyoj katta edi. Biroq tegishli choralar ko‘rilmagani sabab bemorlarning bir muammosiga ikkinchi kelib qo‘shilayotgandi. Nihoyat, qilingan say’-harakatlar natijasida joriy yil filialga 654,0 ming AQSh dollari qiymatida  eng zamonaviy tibbiyot uskunalari keltirilib, foydalanishga topshirildi.

To bu ishlar amalga oshirilguncha boshqa mutasaddilar qatori viloyat prokurorining ham bir oyog‘i shu yerda bo‘ldi. Qilmasa bo‘lmaydigan ish edi-da bu.  Nega desangiz, Prezident Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga  tashrifi davomida qator topshiriqlar bergandi. Unga asosan 104 nafar mutaxassisdan iborat 4 ta ishchi guruhi tuzilib,  745.557 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada ularning 341.194 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Ko‘ryapsizki, raqam ancha xavotirli.

Shunday ekan, kerakli uskunalarni keltirish bilangina ish bitmaydi. Vaqti-vaqti bilan vaziyatdan boxabar bo‘lib turish, bu jarayonda lop etib chiqib qoladigan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish talab etiladi. Maqbul yechim ko‘rkam kabinetda  emas, joyiga  chiqilganda  topilishi esa tajribalardan ayon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring