Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muammolar va yechimlar: birinchi vebinar bo‘lib o‘tdi

Muammolar va yechimlar: birinchi vebinar bo‘lib o‘tdi

Foto: «Ec.europa.eu»

Bugun, 9-iyul kuni «Onlayn formatdagi treninglar: muammolar va yechimlar» birinchi vebinar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir «Deutsche Welle» akademiyasi (Germaniya), Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, AOKA va O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi bilan birgalikda tashkil etildi.

Akademiya mutaxassislari Erik Albrext va Natalya Rimar besh bosqichda interfaol media-treningni yaratish algoritmlari haqida gapirib berdilar va ishtirokchilarni onlayn dars berish xususiyatlari bilan tanishtirdilar.

Vebinarda O‘zbekistonning turli mintaqalaridan jurnalistlar va mediatrenerlar ishtirok etdilar.

Vebinar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring