Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qurilayotgan DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabiga bordi

Prezident yangi qurilayotgan DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabiga bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Temurbeklar maktabining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Maktab uchun o‘quv korpusi, yotoqxona, oshxona barpo etilmoqda, akademiyaning mavjud binolari rekonstruksiya qilinmoqda. Majmuada, shuningdek, jismoniy-harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, avtodrom, plats va boshqa ob’yektlar bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Temurbeklar maktabi tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan bo‘lib, unda 200 nafar yosh saboq oladi.

Shu yerda mazkur ta’lim maskaniga bolalarni saralash va o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berildi. Davlatimiz rahbari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarga yurtimiz tarixi va o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish, darslarga har bir fan bo‘yicha yetakchi pedagoglarni jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring