Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident uchta strategik masalani ma’lum qildi

Prezident uchta strategik masalani ma’lum qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlis Senatining I yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yig‘ilishni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov ochdi.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Davlat rahbari yalpi majlisda Senat a’zolarini qutlab, Oliy vakillik organi a’zosi bo‘lish har bir senator uchun nafaqat katta sharaf, balki ulkan mas’uliyat ham ekanligini ta’kidlagan.

Shuningdek, prezident o‘z nutqida 3 ta strategik masala sifatida – yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlar hamda madaniyat va san’atga e’tibor qaratish ekanligini qayd etdi.

Yalpi majlis o‘z ishini davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring