Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «Shovvozsoy» haqida gapirdi

Prezident «Shovvozsoy» haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hududida joylashgan «Shovvozsoy» dam olish maskani haqida gapirdi.

«Bu «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda yashamaydi. Bu davlatning joyi, prezidentga nima aloqasi bor? Agar qandaydir martabali, O‘zbekistonga foydasi tegadigan mehmon kelsa, prezident ham birga borishi mumkin.

Sizlar aytmaysizlarmi, prezident bilan piyoda yuramiz, sizlaram bir marta kelib, piyoda yurib ko‘ringlar denglar. Prezident besh yilda necha marta dam olibdi, degan savolni nega bermaysizlar?», dedi davlat rahbari jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Ugam-Chotqol» milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi «Shovvozsoy» haqida turli xabarlar tarqalgan. Bu xabarlarga «O‘zbekiston temir yo‘llari» munosabat bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring