Prezident raisligida videoselektor o‘tkazilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
O‘tgan yilning o‘zida 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 ming 44 ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kvadrat metrdan oshdi (2020 yilda 16 kvadrat metr bo‘lgan).
Umuman, 2024 yili yurtimizda 21,4 million kvadrat metr turar joy va 19,1 million kvadrat metr noturar ob’yektlar, jami 40,5 million kvadrat metr bino-inshoot qurildi.
O‘tgan yilda qurilgan 100 ming xonadon hisobiga pudratchilar, boshqaruv va servis, qurilish materiallari, transport kabi sohalarda 350 ming odam ishli bo‘ldi. Mebel, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari sohalarida qo‘shimcha 11 trillion so‘mlik bozor paydo bo‘ldi.
Qurilishni rag‘batlantirish uchun 2024 yilda 17 trillion so‘m ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trillion so‘m mablag‘ berildi.
Shu bois davlatimiz rahbari hokimlar uy-joy qurilishiga faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanishida asosiy “drayver” sifatida qarashi zarurligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter