Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Prezident maqtovga muhtojmi?», dehqonobodliklarning Yurtboshiga faryodi, Erdo‘g‘an sovchisi bo‘lgan juftlik Toshkentga keladi, dollar, to‘ylar, o‘qituvchilar, «Oskar»chilar va boshqa xabarlar

«Prezident maqtovga muhtojmi?», dehqonobodliklarning Yurtboshiga faryodi, Erdo‘g‘an sovchisi bo‘lgan juftlik Toshkentga keladi, dollar, to‘ylar, o‘qituvchilar, «Oskar»chilar va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 5-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev irrigator bo‘lmaganda, kim bo‘lardi? (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘lib, tashrif davomida Prezident viloyatning Tomdi, Konimex, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan uchrashgan edi.

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 6 martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Jamiyat

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi sayti ishga tushirildi

Sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘lib borish, amaldagi qonun hujjatlari bilan tanishish, interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin.

Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining 500 nafar ishchisi Prezidentga murojaat yozdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi da’voni ishchilar foydasiga hal etgan bo‘lsa-da, Dehqonobod tumanidagi sud ijrochilari bir necha yildan buyon bu ishni asossiz vajlar bilan hal etmay kelmoqda.

Toshkentdan Novosibirskka qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Parvoz soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Parvozlar qulay va zamonaviy «Airbus A-320» laynerlarida amalga oshiriladi.

Andijonda kollej o‘qituvchisi 700 ming so‘m bilan qo‘lga tushdi

«Xabar.uz»ga bu haqda ma’lum qilgan kollej xodimi bu ishlarda kollej rahbari O‘tkir Rahmonovning kattagina hissasi borligi, ta’lim muassasida poraxo‘rlik va «yig‘-yig‘»lar avjiga chiqqanini ta’kidladi.

Milliy antidoping agentligiga direktor tayinlandi

Milliy antidoping agentligi sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta’minlashni amalga oshiradi.

Jurnalist Bobomurod Abdullayevning sudi nima uchun qoldirilgani ma’lum bo‘ldi

Jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Ilk marta qandli diabet bilan xastalangan bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi

Markazda o‘tkazilgan navbatdagi buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘zining murakkabligi va shifokorlardan nihoyatda katta mas’uliyat talab qilishi bilan ajralib turdi. Gap shundagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanilik Bekbergan Qo‘chqorov buyrak yetishmovchiligi bilan birga, qandli diabet xastaligidan ham aziyat chekayotgan edi.

Hodisa

Namanganda qotillikni yashirish uchun aka-ukalar uyga o‘t qo‘ydi

Namangan shahrida 3 mart kuni soat 14:04 larda I.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

«Bo‘zsuv» kanalidan ayol kishining jasadi topildi

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, muqaddam sudlangan, 1977 yilda tug‘ilgan G.K. mast holda sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

Toshkentda yirik «Lirika»furushlar qo‘lga tushdi (video)

Mazkur qonunbuzarliklarni sodir etgan shaxslardan qiymati 66,5 mln. so‘mlik, 3700 donadan ziyod «LYRICA» hamda «Tramadol» dorilari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi

Natijada fuqarolar kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Toshkentda mast haydovchi YPX xodimini urib, yana 3 ta mashina bilan to‘qnashdi

Bu ham yetmagandek, shu yerda harakatlanib ketayotgan «Malibu» va «Matiz» avtomashinalari bilan to‘qnashuv sodir etib, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Spark» rusumli avtomashinasiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Madaniyat

O‘zbekistonda birinchi avtokinoteatr ertaga ish boshlaydi

Samarqandda ertaga ana shu kinoteatr o‘zining ilk namoyishini boshlaydi. Nima o‘zi avtokinoteatr?

«Oskar» kinomukofoti sovrindorlari bilan tanishing

Los-Anjelesdagi «Dolby Theatre» kinoteatrida «Oskar» kinomukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 90-marosimga bu yil ham Jimmi Kimmel boshlovchilik qildi.

To‘yida Erdo‘g‘on sovchilik qilgan mashhur juftlik o‘zbek filmida suratga tushadi

Mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.

Texnologiya

Mazkur dastur yordamida shunchaki qarsak chalib smartfoningiz qayerda ekanligini topishingiz mumkin

«Android»lar uchun yaratilgan mazkur dastur qarsak chalganingizni eshitib, o‘zining qayerdagiligini «bildirib» qo‘yish uchun baland ovoz chiqara boshlaydi.

Kompyuterdagi reklamalarni qanday qilib o‘chirsa bo‘ladi: haqiqatda foydasi tegadigan 5 dastur

Brauzeringiz saytlarni o‘zi ochib, sahifani reklama yoki boshqa qidiruv tizimlariga to‘ldirib yubormoqdami?

«Apple» qurilmalari o‘rtacha qancha umr ko‘radi?

O‘z tahlilida Dede «Apple»ning ochiq ma’lumotlaridan foydalandi. U sotilgan gadjetlar umumiy sonidan (2,05 milliard) bugunga qadar ishlatilayotganlari sonini (1,3 milliard) ayirib tashladi.

Bolalarda iqtidorni rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Men uchun eng yoqimlisi otamning iftixor va ko‘zda yosh bilan «Balli, azamatim! Senday o‘g‘lim borligi bilan faxrlanaman. Hali sendan umidim katta. Sen O‘zbekistonni dunyoga tanitadiganlar safida bo‘lasan» degan so‘zlari bo‘ldi.

Huquq

Aliment puli qanday belgilanadi va nimaga asoslanib oshadi?

«Asalomu alaykum. Bir savolim bor edi. Aliment masalasi bo‘yicha. Aliment puli qanday belgilanadi va nimaga asoslanib oshadi? Shu haqda ma’lumot bera olasizmi?».

Sport

Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

Shuningdek, ayollar kurashida 59 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nabira Yesenbayeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Tavsiya qilamiz

«Oq va qora»: Vatan «Feysbuk»da sevilmaydi! (video)

«Oq va qora» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mustaqil terrolog-analitik Said-Abdulaziz Yusupov jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik va marhamatsizlik oqibatida kelib chiqadigan muammolar, xususan, odamlarda terrorizm hamda ekstremizmga moyillik qanday shakllanishi, buning oldini olish choralari haqida so‘z yuritadi.

Hayotingiz uchun muhim bo‘lgan 21 savol

Maktabda o‘qiyotganimizda bizni javoblarimizga qarab baholashadi. Biroq hayotda o‘z-o‘zimizga to‘g‘ri savol bera olishimiz muhimroqdir. Volter ancha vaqt avval «Insonga javobiga emas, bergan savoliga qarab baho ber» deb ta’kidlagan edi.

Topganing to‘yga ketsin! Bu duomi, qarg‘ishmi?

O‘zbekning topgan-tutgani faqat to‘yga ketmayaptimi? To‘ydan boshqa ishga pul orttirolmayotgan o‘zbek, ming kishiga osh bergan o‘zbek to‘ydan keyin arzimagan bitta shamollashini davolatishga pul topolmay, o‘lib ketmayaptimi?

«Tajovuzkorlik sindromi»: OITS va «Qora o‘lat»dan ham xavfli kasallik

Nafrat nafratni chaqiradi. Tajovuzkorlik yovuz kuchni uyg‘otadi va zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi. Va, bir o‘ylab ko‘ring, bugun dunyoni domiga tortib borayotgan jabr-zulmning ham bosh sababi shu emasmi?

Izza bo‘lgan, xor bo‘lgan ustoz...

Ustozlarini ochiqdan-ochiq kalaka qilishni odat qilayotgani, telefon degan balodagi yasama shon-shuhrat uchun hech narsadan tap tortmaydigan avlod ko‘z o‘ngimizda shakllanib borayotganini hammamiz his qilib turibmizku.

Prezident maqtovga muhtojmi yoki laganbardorlik va maddohlik haddan oshganda...

Kichikroq amaldordan tortib kattalarigacha biror muhim masala haqida gap ketganida, gapini albatta «prezidentimizning bevosita ko‘rsatmalariga asosan... davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra...» kabi so‘zlar bilan boshlaydi. Aytadigan gapiga mos kelsa-kelmasa, «prezidentimizning qarorlari bizga dasturilamal bo‘lmoqda» deya suhbatni o‘z so‘qmog‘iga bura ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring